Sinsay
Yiliga 65 ta doʻkon: Sinsay EasyTap yordamida Qozogʻistonda qanday kengaymoqda
10-aprel, 2026

Chakana savdo tarmogʻi haftasiga bittadan koʻp doʻkon ochganda, xodimlr masalasi shunchaki operatsion detal boʻlishdan toʻxtab, strategik xavfga aylanadi. Sinsay Qozogʻistonda aynan mana shunaqa reallikka duch keldi.
25 tadan 65+ doʻkongacha: xatolarni kechirmaydi
Sinsay Qozogʻiston bozoriga sakkiz yil avval 25 ta doʻkondan iborat tarmoq bilan kirib kelgan edi. Dastlab oʻsish moʻtadil boʻldi. Ammo ikki yil avval kompaniya agressiv kengayish rejimiga oʻtdi: maqsad — yiliga 100 ta doʻkon ochish, amaldagi surʼat — yiliga qariyb 65 ta. Bu degani yiliga 52 hafta davomida har hafta bittadan koʻp yangi doʻkon ochilmoqda.
Har bir doʻkonning ochilishi shunchaki maydonni ijaraga olish va peshtaxtalarni joylashtirishdan iborat emas. Bu hali belgilangan shaharda, aniq bir kunda muddatni kechiktirmasdan ishga kirishishi kerak boʻlgan 10 nafar vaqtinchalik xodim deganidir. Kadrlar masalasida kechikish doʻkon ochilishining barbod boʻlishiga olib keladi.
Muammo: bir necha kunda 10 kishini topish — bir marta emas, tizimli ravishda
Chakana savdo tarmogʻining kengayishi standart vositalar bilan yopish qiyin boʻlgan kadrlar talabini yuzaga keltirmoqda. Har bir doʻkon ochilishi uchun Sinsayʼga aniq sanada, turli shaharlarda 10 nafar vaqtinchalik xodim (erkaklar va ayollar) kerak boʻladi. Ilgari bunday soʻrovlar koʻpincha qisman yopilardi: 10 kishi oʻrniga 6–7 kishi kelar edi. Ochilish sanasi ijaraga beruvchi va marketing jamoasi bilan kelishib qoʻyiladigan savdo sohasida bunday natijani mutlaqo qabul qilib boʻlmaydi.

Yechim: ilova orqali oldindan buyurtma berish va arizalarni toʻliq yopish
EasyTap har ikkala vazifani — rejaviy va rejadan tashqari soʻrovlarni — yagona vosita, yaʼni mobil ilova orqali hal qiladi.
Qoʻngʻiroqlar va kelishuvlarsiz oldindan buyurtma. Sinsay vakili Indira bu imkoniyatni alohida taʼkidlaydi: Ijrochilar uchun arizani toʻgʻridan-toʻgʻri ilovaning oʻzida — aniq sana va ochilayotgan shahar uchun oldindan yaratish mumkin. Menejerga qoʻngʻiroq qilish, xodimlar bor-yoʻqligini aniqlash va pochta orqali tasdiqlashni kutish shart emas. Ariza rasmiylashtirildi — EasyTap uni bajarishni oʻz zimmasiga oladi.
Hamma narsa bir joyda. Sinsay aynan shu ilova orqali rejadan tashqari soʻrovlarni ham boshqaradi: agar shtatdagi xodimlardan biri smenaga chiqmay qolsa, boshqa aloqa kanallariga oʻtmasdan va kontaktlarni qidirishga vaqt sarflamasdan, tezda yangi xodim soʻrash mumkin.
Arizaning toʻliq yopilishi. Bugungi kunda EasyTap barcha soʻralgan 10 nafar Ijrochini barqaror ravishda yetkazib bermoqda — 6 ta yoki 8 ta emas, aynan qancha kerak boʻlsa shuncha. Bu noaniqlikni yoʻqotadi va doʻkon ochilishini «har ehtimolga qarshi» deb qoʻshimcha kadrlar zaxirasiz rejalashtirish imkonini beradi.
Natija: vaqt, asablar va nazorat ostidagi oʻsish
1,5 yillik hamkorlik davomida EasyTap Sinsay uchun shunchaki tartiblovchi emas, balki operatsion infratuzilmaning bir qismiga aylandi. Har bir yangi doʻkon ochilishi standart sxema boʻyicha oʻtmoqda: ilovada ariza — tasdiqlash — belgilangan kunda jamoa ish joyida.
Indiraning soʻzlariga koʻra, EasyTap bilan hamkorlik Sinsayʼning vaqti va asablarini tejaydi. Ilovaning qulayligi, natijaning oldindan maʼlumligi va reaksiya tezligi — aynan mana shu jihatlar hamkorlikni 1,5 yil davomida mustahkam saqlab turibdi.
Sinsay kabi yuqori tezlikda kengayib borayotgan kompaniyalar uchun kadrlar taʼminotidagi barqarorlik shunchaki qulaylik emas, balki raqobatbardoshlik ustunligidir. EasyTap allaqachon ishonchli hamkorga topshirilgan vazifalarga chalgʻimasdan, bor eʼtiborni biznesni oʻstirishga qaratish imkonini beradi.
Agar biznesingiz xodim yollashga ulgura olmaydigan darajada tez oʻsayotgan boʻlsa, kadrlar masalasini EasyTapʼga qoʻyib bering.
Saytda ariza qoldiring — biz siz bilan bogʻlanamiz!