Soliqlar va toʻlovlar: bu qanday ishlaydi
Soliqlarni kim toʻlaydi?
2026-yildan boshlab mustaqil ishlovchilar uchun maxsus soliq rejimi amal qiladi — 4% ijtimoiy badallar. EasyTap platformasi texnologik hamkor sifatida ushbu 4%ni Ijrochining daromadidan avtomatik ravishda hisoblab, ushlab qoladi va byudjetga oʻtkazadi. Buyurtmachiga soliq agenti sifatida faoliyat yuritish yoki qoʻshimcha hisobot topshirish talab etilmaydi.
Daromad limiti
Mazkur rejimdan foydalanish uchun oylik daromad limiti 300 BHMni tashkil etadi. EasyTap ushbu limitni har bir Ijrochi boʻyicha avtomatik ravishda kuzatib boradi.
Ijrochilar uchun toʻlovlarning shaffofligi
Buyurtmachi shaxsiy kabinetida ishlangan soatlarni tasdiqlaganidan soʻng, mablagʻ Ijrochining ilovadagi ichki balansiga tushadi. Ijrochi ishlab topgan mablagʻni oʻzining bank kartasiga yechib olishi mumkin. Ilovada toʻliq maʼlumot mavjud: smena uchun qancha ishlab topilgani, ushlab qolingan soliq summasi (4%) va yakuniy toʻlanadigan summa.