


















Ijrochilarni qidirish uchun qulay platforma
Funksional



Qidirish va yollash
























Kompaniyalar
Samimiy sharhlar
“EasyTap bizning kompaniyaga, vaqtinchalik xodimlarni yollash uchun, birinchi darajali yechimini taqdim etdi. Ularning innovatsion IT- texnologiyalari ishga qabul qilish jarayonini sezilarli darajada tezlashtirdi va nomzodlarning ma’lumotlar bazasi qulay boshqarilishi tufayli, taqdim etilgan xodimlarning sifati yaxshilandi.
Olingan natijalar - do‘kon KPIlarining oshishi va HR-bo‘limi uchun ish yukining kamayishi - o‘zi uchun gapiryapti. EasyTap - bu ishonchli va professional hamkor, men uning xizmatlarini ishonch bilan tavsiya qilaman."

Kompaniyamiz ombor xodimlarini autsorsing qilish sohasida EasyTap bilan hamkorlik qiladi. Umuman olganda, biz yuqori darajadagi xizmat va o‘zaro ta’sirning qulayligini qayd etamiz. Ayniqsa, buyurtmalarni tezkor joylash, hisobotlarni kuzatish va nomzodlarni dastlabki o‘qitish imkonini beruvchi mobil ilovani ta’kidlamoqchimiz. Bu ishni sezilarli darajada soddalashtiradi va tanlash jarayonini tezlashtiradi.
Ba’zan, eng dolzarb davrda kerakli sondagi xodimlarni tanlash qiyin bo‘lishi mumkin, ammo umuman olganda, EasyTap xodimning chiqishini ta’minlaydi va o‘z majburiyatlarini doimiy ravishda bajaradi.
Biz ushbu kompaniyani, vaqtinchalik xodimlarni tanlash sohasida ishonchli va professional hamkor sifatida tavsiya qilamiz.

Men, Ramina, minimarketlar tarmog‘i, “ My Mart” kompaniyasining HR- mutaxassisi, ishonchli va samarali hamkorligimiz uchun EasyTap jamoasiga samimiy minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.
Men, ayniqsa, chat menejerlarining yuqori professionalligi va e’tiborliligini ta’kidlamoqchiman - ular har doim g‘amxo‘r , tezkor va har qanday vaziyatda yordam berishga tayyor. Ularning tushunishi, xushmuomalaligi va yordamga tayyorligi o‘zaro aloqalarni oson va qulay qiladi.
Margaritaga sabr-toqati, qo‘llab-quvvatlashi va har qanday muammolarni hal qilishdagi to‘liq ishtiroki uchun alohida minnatdorchilik bildiraman. Siz bilan hamkorlik- bizga natijaga ishonch va haqiqiy jamoaviy ish beradi.

EasyTap bilan hamkorlik qilishdan oldin, biz ertalab va kechki smenalarda, ayniqsa savdo davrlarida doimiy ravishda xodimlar yetishmovchiligiga duch kelardik.
So‘rovlarni real vaqt rejimida kuzatib borish va kim smenaga chiqayotganini darhol ko‘rish qulay. EasyTap biz uchun ishonchli vositaga aylandi.
EasyTap bilan hamkorlik- barqarorlik, tezlik va natijalarga ishonchni anglatadi. Jamoa professional, ehtiyojlarni tezda hal qiladi, har doim aloqada va hatto eng dolzarb davrlarda ham qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
EasyTap mutaxassislari qiyinchiliklar tug‘dirmasligi, aksincha, ularni yengillashtirishi muhim. Ular puxta o‘ylangan yechimlarni taklif qilishadi, tezkor ish sur’atni saqlab qolishadi va chinakam ishtirokni namoyish etishadi.
EasyTap – biz, u bilan, jarayonlarni qulay va samarali ravishda kengaytira oladigan ishonchli hamkordir. Biz bu yondashuvni qadrlaymiz va birgalikda ishonch bilan oldinga siljiymiz. EasyTap jamoasiga ularning professionalligi va samarali hamkorligi uchun minnatdorchilik bildiraman. Muvaffaqiyatli hamkorlik qilayotganimdan xursandman!

Ichki kadrlar bo‘limimiz vaqtinchalik xodimlarga oid buyurtmalar oqimini uddalay olmaganida, biz EasyTapga murojaat qildik.
Jamoa tezda ishga kirishdi, jarayonlarni tuzishga yordam berdi va ish bayi to‘lov modelini taklif qildi. Birinchi oydanoq unumdorlik 40% ga oshdi.
Ayniqsa, shaffoflik va tezlik mamnun etadi. Hammasi bir joyda: buyurtmalar, statistika va hisobotlar.
Buyurtmani qoldiring
1. Shaklni to‘ldiring
2. Tijorat taklifini oling
3. Buyurtmani yarating
4. Tabassum qiling – ijrochilar allaqachon yo‘lda
Tez-tez beriladigan savollar
sh boshlanishidan oldin, siz EasyTap menejeri bilan kelishib olingan oldindan to‘lov amalga oshiriladi. Ishlagan davr tugagandan so‘ng, yakuniy to‘lov- EasyTap tomonidan berilgan to‘lov uchun hisobvaraq bo‘yicha, bajarilgan ishlar Dalolatnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
"Profil" - "Hisobotlar" bo‘limida, Ijrochilar tomonidan ishlagan soatlarning tafsilotlari va tanlangan davrga oid har bir filial uchun alohida nechta buyurtma yaratilganligini ko‘rsatuvchi xarajatlar jadvalini ko‘rishingiz mumkin.
Bunday holatlar tizimda qayd etiladi va siz o‘tkazib yuborilgan smena uchun pul to‘lamaysiz. Ijrochi reytingda belgi oladi va siz esa uning o‘rnini egallovchini tanlashda ustuvorlikka ega bo‘lasiz.
Ha. Har bir smenadan so‘ng, siz ijrochining reytingini ko‘rishingiz va uni yana taklif qilish uchun "tanlanganlar" ro‘yxatiga qo‘shishingiz mumkin. Ishonchsiz ishchilar “qora ro‘yxat”ga kiritilishi mumkin, ular endi sizning kompaniyangizdan taklifnoma olmaydilar.
Barcha Ijrochilar tizim tekshiruvidan va verifikatsiyadan o‘tadilar. Tizim shuningdek, ularning reytingini, bajarilgan smenalar sonini, ish tajribasini va ish beruvchining sharhlarini hisobga oladi.
Ha. Barcha ish qidiruvchilar shaxsni verifikatsiyasidan o‘tadilar va to‘lovlar rasmiy bank xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
Ha, EasyTap ko‘p profilli kirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Siz har bir filial uchun statistikani, jumladan, smenalar sonini, yopilgan so‘rovlar foizini va ijrochilar reytinglarini ko‘rishingiz mumkin.
Ha, buyurtmalarning to‘liq tarixini ilovaning "Bosh sahifa" - "Arxiv" bo‘limida ko‘rish mumkin.
Siz smenangizga ariza bergan har bir Ijrochining ish tajribasini ko‘rishingiz mumkin. Agar Ijrochi ilgari sizda ishlagan bo‘lsa, "Rezyume"ning - ish tajribasi bo‘limida sizning kompaniyangiz ko‘rsatiladi.
Ha, so‘rovlar soni, bajarilgan soatlar va yopilish foizi avtomatik ravishda "Profil" - "Statistika" bo‘limida hisoblanadi.
Ha, siz tungi smenalar uchun buyurtmalar yaratishingiz va xodimlarni 24/7 tanlashingiz mumkin — tizim hatto kechasi ham nomzodlarni avtomatik ravishda tanlaydi.
Ha, sizda to‘lovdan tortib, o‘rnini egallovchini topishgacha bo‘lgan har qanday savolda sizga yordam beradigan individual menejer bo‘ladi.