EasyTap ijrochilari uchun xizmat ko‘rsatish standartlari

Xizmat ko‘rsatish standartlari — EasyTap ilovasi orqali buyurtmalarni bajaradigan ijrochilar uchun asosiy qoidalardir. Yuqori sifatni saqlab qolish va hamkoringiz obyektida turli vaziyatlarda qanday to‘g‘ri harakat qilishni tushunish uchun ushbu qoidalarga amal qiling.

1. Kech qolmang

Smenaga o'z vaqtida keling, uni o'tkazib yubormang va belgilangan vaqtdan oldin ketmang. Buyurtmachi smenani bekor gilishi mumkin — barcha o'zgarishlardan xabardor bo'lish uchun ilovadagi bildirishnomalarni kuzatib boring.

2. Ehtiyotkor harakat qiling

Smena davomida e'tiborli bo'ling: o'zingizni va buyurtmachining mulkini — tovarlar, uskunalar, inventar va boshqa materiallarni ehtiyot qiling.

3. Xushmuomala bo'ling

Buyurtmachi va uning vakillari bilan xushmuomala va hurmat bilan mulogot giling.

3.1 Uchrashganda salom bering

Agar kechiksangiz, hatto bu sizning aybingiz bo'lmasa ham, uzr so'rang.

3.2 Smena oxirida xayrlashing

Agar kimdir go'pollik qilsa, xuddi shunday javob bermang — smenani xotirjam yakunlang va zarurat bo'lsa, EasyTap go'llab-quvvatlash xizmatiga xabar bering.

4. Professionalizmni saqlang

Halol va vijdonan harakat qiling. Buyurtmachining mulki, tovarlari yoki uskunalarini o'zlashtirish qat'iyan man etiladi va qonun bilan jazolanadi.

5. Smenalarga hushyor holda keling

Smenaga alkogol yoki giyohvand moddalar ta'siri ostida kelish qat'iyan man etiladi. Agar buyurtmachi shu sababli sizni ishga qo'ymasa, to'lov hisoblanmaydi va EasyTap xizmatidan foydalanish huquqi vaqtincha yopilishi mumkin.

6. Hujjatlarni oldindan tayyorlang

Buyurtma kartasida ko'rsatilgan hujjatlarni o'zingiz bilan olib yuring — odatda bu shaxsni tasdiqlovchi hujjatdir. Agar ishingiz oziq-ovqat bilan bog'liq bo'lsa, amaldagi sanitar kitobcha talab qilinadi. Shuningdek, sanitariya qoidalariga rioya qilish muhim — kasallik alomatlari bo'lsa, smenaga chiqish mumkin emas.

7. Halollikni saqlang

Buyurtmachilarni yoki qo'llab-quvvatlash xizmatini aldamang. Xizmat qoidalarini buzish EasyTap'dan foydalanish huquqining cheklanishiga yoki bloklanishiga olib kelishi mumkin.

8. Aloqada bo'ling

Smenaga javob berganingizdan so'ng telefoningizni yoningizda saqlang. Agar kechiksangiz, bu haqda qo'llab-quvvatlash xizmati orqali xabar bering. Agar EasyTap xodimlari siz bilan bog'lana olmasa, buyurtmachi smenani bekor qilishi mumkin.

9. Smenani o'z vaqtida yakunlang

Smena tugaganidan keyin qolib ketmang va buyurtma kartasida ko'rsatilmagan qo'shimcha vazifalarni bajarmang. Kelishilgan barcha ishlarni bajargach, buyurtmachiga minnatdorchilik bildiring va smenani ilovada yakunlang.